وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: سَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَيُّ الْعَمَلِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: «إِيمَانٌ بِاللَّهِ وَجِهَادٌ فِي سَبِيلِهِ» قَالَ: قُلْتُ: فَأَيُّ الرِّقَابِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: «أَغْلَاهَا ثَمَنًا وَأَنْفَسُهَا عِنْدَ أَهْلِهَا» . قُلْتُ: فَإِنْ لَمْ أَفْعَلْ؟ قَالَ: «تُعِينُ صَانِعًا أَوْ تَصْنَعُ لِأَخْرَقَ» . قُلْتُ: فَإِنْ لَمْ أَفْعَلْ؟ قَالَ: «تَدَعُ النَّاسَ مِنَ الشَّرِّ فَإِنَّهَا صَدَقَةٌ تَصَدَّقُ بهَا على نَفسك»
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ dan: «Qaysi amal eng afzal?» — deb soʻradim. U zot: «Allohga iymon keltirish va Uning yoʻlida jihod qilish», — deb javob berdilar. Soʻng men: «Qaysi (qul) ozod qilish eng afzal?» — dedim. U zot: «Eng qimmatli va xojasi uchun eng sevimli (qul)ni ozod qilish», — dedilar. Men: «Agar buni qilishga qurbim yetmasa-chi?» — dedim. U zot: «(Unda) ojizga yordam ber, yoki oʻzi (ish) qila olmaydigan kishi uchun yaxshilik qil», — dedilar. Men: «Agar buni (ham) qila olmasam-chi?» — dedim. U zot: «(Unda) odamlarga zarar yetkazishdan tiyil — chunki bu — oʻzing uchun sadaqa (savob) hisoblanadi», — dedilar.