عَن الغريف بن عَيَّاش الديلمي قَالَ: أَتَيْنَا وَاثِلَة بن الْأَسْقَع فَقُلْنَا: حَدِّثْنَا حَدِيثًا لَيْسَ فِيهِ زِيَادَةٌ وَلَا نُقْصَانٌ فَغَضِبَ وَقَالَ: إِنَّ أَحَدَكُمْ لَيَقْرَأُ وَمُصْحَفُهُ مُعَلَّقٌ فِي بَيْتِهِ فَيَزِيدُ وَيَنْقُصُ فَقُلْنَا: إِنَّمَا أَرَدْنَا حَدِيثًا سَمِعْتَهُ مِنَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم فَقَالَ: أَتَيْنَا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي صَاحِبٍ لَنَا أَوْجَبَ يَعْنِي النَّارَ بِالْقَتْلِ فَقَالَ: «أعتقوا عَنهُ بِعِتْق الله بِكُل عُضْو مِنْهُ عُضْو أَمنه من النَّار» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Gʻarif ibn ad-Daylamiy aytadi: Biz Vosila ibn al-Asqaʼ (roziyallohu anhu)ning oldiga keldik va unga: «Bizga ortigʻi ham, kami ham boʻlmagan bir hadis aytib bering», dedik. Shunda u gʻazablandi va: «Sizlardan biringiz, mushafi uyida osigʻliq turgani holda (yoddan) oʻqiydi-yu, ortigʻini ham, kamini ham qiladi», dedi. Biz: «Biz faqat siz Nabiy ﷺ dan eshitgan bir hadisni (eshitishni) istadik, xolos», dedik. U: Biz Rasululloh ﷺ ning oldilariga, qotillik tufayli oʻziga doʻzaxni vojib qilib qoʻygan bir doʻstimiz haqida keldik. Shunda u zot: «Uning nomidan (qul) ozod qilinglar, Alloh uning har bir aʼzosi evaziga (ozod qilingan qulning) bir aʼzosini doʻzaxdan ozod qiladi», dedilar.