وَعَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ اللَّهَ يَنْهَاكُمْ أَنْ تَحْلِفُوا بِآبَائِكُمْ مَنْ كَانَ حَالِفًا فَلْيَحْلِفْ بِاللَّهِ أَوْ ليصمت»
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ Umar ibn Xattobga — u bir (otliq) karvonda otasi bilan qasam ichib ketayotganida — yetib qoldilar va: «Ogoh boʻlinglar, albatta Alloh sizlarni otalaringiz bilan qasam ichishingizdan qaytaradi. Kim qasam ichmoqchi boʻlsa, Alloh bilan qasam ichsin yoki jim tursin», dedilar.