وَعَن ثَابت بن الضَّحَّاك قَالَ: نَذَرَ رَجُلٌ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يَنْحَرَ إِبِلًا بِبُوَانَةَ فَأَتَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَخْبَرَهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَلْ كَانَ فِيهَا وَثَنٌ مِنْ أَوْثَانِ الْجَاهِلِيَّةِ يُعْبَدُ؟» قَالُوا: لَا قَالَ: «فَهَلْ كَانَ فِيهِ عِيدٌ مِنْ أَعْيَادِهِمْ؟» قَالُوا: لَا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أوف بِنَذْرِك فَإِنَّهُ لَا وَفَاءَ لِنَذْرٍ فِي مَعْصِيَةِ اللَّهِ وَلَا فِيمَا لَا يَمْلِكُ ابْنُ آدَمَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Sobit ibn Zahhok (roziyallohu anhu) aytadilar: Rasululloh ﷺ davrlarida bir kishi Buvonada tuya soʻyishni nazr qilibdi. Soʻng u Paygʻambar ﷺ huzurlariga kelib: «Men Buvonada tuya soʻyishni nazr qilgan edim», dedi. Paygʻambar ﷺ: «U yerda johiliyatning ibodat qilinadigan butlaridan bir but bormidi?» deb soʻradilar. Ular: «Yoʻq», dedilar. U zot: «U yerda ularning bayramlaridan bir bayram bormidi?» dedilar. Ular: «Yoʻq», dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «Nazringni bajar, chunki Allohga osiylik qilishda boʻlgan nazr ham, Odam farzandi ega boʻlmagan narsadagi nazr ham bajarilmaydi», dedilar.