وَعَن جَابر بن عبد الله: أَنَّ رَجُلًا قَامَ يَوْمَ الْفَتْحِ فَقَالَ: يَا رَسُول الله لِلَّهِ عَزَّ وَجَلَّ إِنْ فَتَحَ اللَّهُ عَلَيْكَ مَكَّةَ أَنْ أُصَلِّيَ فِي بَيْتِ الْمَقْدِسِ رَكْعَتَيْنِ قَالَ: «صلى الله عَلَيْهِ وَسلم هَهُنَا» ثمَّ عَاد فَقَالَ: «صل هَهُنَا» ثُمَّ أَعَادَ عَلَيْهِ فَقَالَ: «شَأْنَكَ إِذًا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد والدارمي
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Fath (Makka fathi) kuni bir kishi oʻrnidan turib: «Ey Rasululloh, men Alloh Makkani sizning qoʻlingiz bilan fath qildirsa, Baytul-Maqdisda ikki rakaat namoz oʻqishni Allohga nazr qilgan edim», dedi. (U zot:) «Shu yerda oʻqi», dedilar. Soʻng (u kishi) qaytib (gapini) aytdi, (u zot yana): «Shu yerda oʻqi», dedilar. Soʻng (u kishi yana) qaytib (gapini) aytdi, shunda (u zot): «Unday boʻlsa, oʻzing bilasan», dedilar. Abu Dovud aytdi: Shunga oʻxshash (rivoyat) Abdurrahmon ibn Avfdan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilingan.