وَعَن سعيد بن الْمسيب: أَنَّ أَخَوَيْنِ مِنَ الْأَنْصَارِ كَانَ بَيْنَهُمَا مِيرَاثٌ فَسَأَلَ أَحَدُهُمَا صَاحِبَهُ الْقِسْمَةَ فَقَالَ: إِنْ عُدْتَ تَسْأَلُنِي الْقِسْمَةَ فَكُلُّ مَالِي فِي رِتَاجِ الْكَعْبَةِ فَقَالَ لَهُ عُمَرُ: إِنَّ الْكَعْبَةَ غَنِيَّةٌ عَنْ مَالِكَ كَفِّرْ عَنْ يَمِينِكَ وَكَلِّمْ أَخَاكَ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا يَمِينَ عَلَيْكَ وَلَا نَذْرَ فِي مَعْصِيَةِ الرَّبِّ وَلَا فِي قَطِيعَةِ الرَّحِمِ وَلَا فِيمَا لَا يملك» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Said ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ansorlardan ikki aka-uka boʻlib, ular oʻrtasida meros bor edi. Ulardan biri sherigidan (merosni) taqsim qilishni soʻradi. (Sherigi esa:) «Agar yana mendan taqsimni soʻrasang, butun molim Kaʼba eshigiga (vaqf) boʻlsin», dedi. Shunda Umar (roziyallohu anhu) unga: «Albatta Kaʼba sening molingdan behojatdir. Qasamingga kafforat ber va akang bilan gaplash. Men Rasululloh ﷺ ning: ‹Robbingga maʼsiyat boʻlgan, qarindoshlik aloqasini uzishda boʻlgan va oʻzing ega boʻlmagan narsada qasam ham, nazr ham (joiz) emas (bunga rioya qilish) sening zimmangda yoʻq›, deganlarini eshitganman», dedi.