وَعَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْتَشِرِ قَالَ: إِنَّ رَجُلًا نَذَرَ أَنْ يَنْحَرَ نَفْسَهُ إِنْ نَجَّاهُ اللَّهُ مِنْ عَدُوِّهِ فَسَأَلَ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ لَهُ: سَلْ مَسْرُوقًا فَسَأَلَهُ فَقَالَ لَهُ: لَا تَنْحَرْ نَفْسَكَ فَإِنَّكَ إِنْ كُنْتَ مُؤْمِنًا قَتَلْتَ نَفْسًا مُؤْمِنَةً وَإِنْ كُنْتَ كَافِرًا تَعَجَّلْتَ إِلَى النَّارِ وَاشْتَرِ كَبْشًا فَاذْبَحْهُ لِلْمَسَاكِينِ فَإِنَّ إِسْحَاقَ خَيْرٌ مِنْكَ وَفُدِيَ بِكَبْشٍ فَأَخْبَرَ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ: هَكَذَا كُنْتُ أَرَدْتُ أَنْ أُفْتِيَكَ. رَوَاهُ رَزِينٌ
Muhammad ibn al-Muntashir (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi, agar Alloh uni dushmanidan qutqarsa, oʻzini (qurbonlik qilib) soʻyishga nazr qilibdi. U Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan soʻradi. U (Ibn Abbos): «Masruqdan soʻra», dedi. U (kishi) Masruqdan soʻraganida, u: «Oʻzingni soʻyma. Zero, agar moʻmin boʻlsang, moʻmin bir jonni oʻldirgan boʻlasan; agar kofir boʻlsang, doʻzax(ga tushish)ni tezlatgan boʻlasan. (Buning oʻrniga) bir qoʻchqor sotib olib, uni miskinlar uchun soʻy. Chunki Ishoq sendan yaxshiroq edi, u ham bir qoʻchqor bilan fido qilingan edi», dedi. Soʻng u (kishi) Ibn Abbosga (bu javobni) xabar berdi. Shunda u (Ibn Abbos): «Men senga aynan shunday fatvo bermoqchi edim», dedi. Razin rivoyat qilgan.