وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " يَجِيءُ الْمَقْتُولُ بِالْقَاتِلِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ نَاصِيَتُهُ وَرَأْسُهُ بِيَدِهِ وَأَوْدَاجُهُ تَشْخُبُ دَمًا يَقُولُ: يَا رَبِّ قَتَلَنِي حَتَّى يُدْنِيَهُ مِنَ العرشِ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ وَابْن مَاجَه
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Qiyomat kunida oʻldirilgan kishi oʻz qotilini (yetaklab) keladi; (qotilning) peshona sochi va boshi (oʻldirilganning) qoʻlida, (oʻldirilganning) boʻyin tomirlaridan qon otilib turadi; u: ‹Ey Robbim, mana shu meni oʻldirgan!› deydi — toki uni Arshga yaqinlashtirgunicha (shunday boʻladi)», dedilar. (Rovly) aytdi: Soʻng Ibn Abbosga tavba haqida (savol berib) eslatishdi, u shu oyatni tilovat qildi: {Kim bir moʻminni qasddan oʻldirsa, jazosi jahannamdir} (Niso 93). Va: «Bu oyat na bekor qilingan, na oʻzgartirilgan; unga qaerdan tavba boʻlsin?!» dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Baʼzilar bu hadisni Amr ibn Dinordan, u Ibn Abbosdan shunga oʻxshash qilib, marfuʼ qilmay rivoyat qilishgan.