وَعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَا مِنْ رَجُلٍ يُصَابُ بِشَيْءٍ فِي جَسَدِهِ فَتَصَدَّقَ بِهِ إِلَّا رَفَعَهُ اللَّهُ بِهِ دَرَجَةً وَحَطَّ عَنْهُ خَطِيئَة» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Abu Safardan rivoyat qilinadi: Quraishdan bir kishi ansorlardan bir kishining tishini sindirib qoʻydi. U (ansoriy) uning ustidan Muoviyaga shikoyat qildi va Muoviyaga: «Ey amiral-moʻminin, bu kishi tishimni sindirdi», dedi. Muoviya: «Biz seni rozi qilamiz», dedi. Ammo boshqasi (ansoriy) Muoviyaga qistab, uni zeriktirdi, lekin (Muoviya) uni rozi qila olmadi. Shunda Muoviya unga: «Oʻz sheriging bilan oʻzing bilganingni qil», dedi. Uning yonida Abu Dardo (roziyallohu anhu) oʻtirgan edi. Abu Dardo dedi: Men Rasululloh ﷺning: «Tanasiga biror narsa yetkazilgan biror kishi uni sadaqa qilsa (kechirsa), Alloh albatta uning darajasini bir pogʻona koʻtaradi va u sabab undan bir xatosini tushiradi», deyayotganlarini eshitganman. Ansoriy: «Sen buni Rasululloh ﷺdan eshitdingmi?» dedi. U: «Buni quloqlarim eshitdi va qalbim yodladi», dedi. (Ansoriy): «Men buni unga (kechirib) tark qilaman», dedi. Muoviya: «Shubhasiz, men ham seni mahrum qoldirmayman», dedi va unga mol berishni buyurdi. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻl bilangina bilamiz. Men Abu Safarning Abu Dardodan (bevosita) eshitganini bilmayman. Abu Safarning ismi Said ibn Ahmad boʻlib, ibn Yuhmid Savriy ham deyiladi.