وَعَنْهُ قَالَ: اقْتَتَلَتِ امْرَأَتَانِ مِنْ هُذَيْلٍ فَرَمَتْ إِحْدَاهُمَا الْأُخْرَى بِحَجَرٍ فَقَتَلَتْهَا وَمَا فِي بَطْنِهَا فَقَضَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّ دِيَةَ جَنِينِهَا غُرَّةٌ: عَبْدٌ أَوْ وَلِيدَةٌ وَقَضَى بِدِيَةِ الْمَرْأَةِ عَلَى عَاقِلَتِهَا وورَّثَها ولدَها وَمن مَعَهم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Huzayl (qabilasi)dan boʻlgan ikki ayol bir-biri bilan urishib qoldi va ulardan biri ikkinchisini tosh bilan urdi-da, uni va uning qornidagi (homila)ni oʻldirib qoʻydi. Shunda ular daʼvolarini Rasululloh ﷺ huzuriga olib keldilar. Rasululloh ﷺ uning homilasi diyati bir qul yoki choʻri ekani bilan hukm qildilar, ayolning diyatini esa uning oqilasi (aqrabolari) zimmasiga (boʻlishini) hukm qildilar va uni (uning merosini) bolasi va ular bilan birga boʻlgan (boshqa vorislar)ga meros qilib berdilar. Shunda Hamal ibn Nobigʻa al-Huzaliy: «Yo Rasululloh! Na ichgan, na yegan, na soʻzlagan va na qichqirgan (homila uchun) men qanday diyat toʻlay? Bunaqasi behuda (qonsiz) ketadi-ku», dedi. Rasululloh ﷺ: «Bu (kishi) ana shu saje qilgan qofiyali soʻzi sababli kohinlar (folbinlar)ning birodarlaridandir», — dedilar.