وَعَنْ خِشْفِ بْنِ مَالِكٍ عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَضَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي دِيَةِ الْخَطَأِ عِشْرِينَ بِنْتَ مَخَاضٍ وَعِشْرِينَ ابْنَ مَخَاضٍ ذُكُورٍ وَعِشْرِينَ بِنْتَ لَبُونٍ وَعِشْرِينَ جَذَعَةً وَعِشْرِينَ حِقَّةً ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ مَوْقُوفٌ عَلَى ابْنِ مَسْعُودٍ وَخِشْفٌ مَجْهُولٌ لَا يُعْرَفُ إِلَّا بِهَذَا الْحَدِيثِ وَرُوِيَ فِي شَرْحِ السُّنَّةِ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَدَى قَتِيلَ خَيْبَرَ بِمِائَةٍ مِنْ إِبِلِ الصَّدَقَةِ وَلَيْسَ فِي أَسْنَانِ إِبِلِ الصَّدَقَةِ ابْنُ مَخَاضٍ إِنَّمَا فِيهَا ابْنُ لبون
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ xato (qotillik) diyatida yigirmata bintu maxoz (bir yoshli urgʻochi tuya), yigirmata ibnu maxoz (bir yoshli erkak tuya), yigirmata bintu labun (ikki yoshli urgʻochi tuya), yigirmata jazaʼa (toʻrt yoshli tuya) va yigirmata hiqqa (uch yoshli tuya) bilan hukm qildilar. Abu Iso aytdi: Ibn Masʼudning bu hadisini biz faqat shu yoʻl bilangina marfuʼ (Paygʻambarga nisbatlangan) holda bilamiz, Abdulloh(ibn Masʼud)dan mavquf (sahobiy soʻzi) sifatida ham rivoyat qilingan. Baʼzi ilm ahli shunga amal qilgan, bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Ilm ahli diyat uch yil ichida olinishi, har yili diyatning uchdan biri olinishi haqida ittifoq qilishgan va xato diyatini oqila (qotilning otasi tomonidan qarindoshlari) zimmasiga yuklashgan. Baʼzilari oqila erkak otasi tomonidan boʻlgan qarindoshlardir, deyishgan; bu Molik va Shofiʼiyning soʻzidir.