وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يُشِيرُ أَحَدُكُمْ عَلَى أَخِيهِ بِالسِّلَاحِ فَإِنَّهُ لَا يَدْرِي لَعَلَّ الشَّيْطَانَ يَنْزِعُ فِي يَدِهِ فَيَقَعُ فِي حُفْرَة من النَّار»
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi:) U zot: «Biringiz birodariga qurol bilan (oʻqtalib) ishora qilmasin; chunki u bilmaydi — ehtimol, shayton uning qoʻlidan (qurolni) yulqib (tortib) yuborar-da, u (oʻzi) oʻtdan boʻlgan bir choh (oʻra)ga tushib qolar», dedilar.