وَعَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ عَنْ أَبِيهِ أَنَّ هشامَ بنَ حكيمٍ مَرَّ بِالشَّامِ عَلَى أُنَاسٍ مِنَ الْأَنْبَاطِ وَقَدْ أُقِيموا فِي الشَّمسِ وصُبَّ على رُؤوسِهِمُ الزَّيْتُ فَقَالَ: مَا هَذَا؟ قِيلَ: يُعَذَّبُونَ فِي الخَراجِ فَقَالَ هِشَامٌ: أَشْهَدُ لَسَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِنَّ اللَّهَ يُعَذِّبُ الَّذِينَ يُعذبونَ النَّاسَ فِي الدُّنْيَا» . رَوَاهُ مُسلم
Hishom ibn Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u Shomda anbotlardan (savdogar dehqonlardan) boʻlgan bir guruh odamlarning yonidan oʻtib qoldi. Ular quyoshda (joziya undirish uchun) tik turgʻizib qoʻyilgan edi. (Hishom): «Bularga nima boʻldi?» dedi. (Odamlar): «Bular joziya (toʻlamagani) uchun ushlab turilibdi», dedilar. Shunda Hishom: «Men guvohlik beramanki, Rasululloh ﷺ ning: ‹Albatta, Alloh dunyoda odamlarni azoblaganlarni azoblaydi›, — deb aytganlarini eshitganman», dedi.