عَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ كَشَفَ سِتْرًا فَأَدْخَلَ بَصَرَهُ فِي الْبَيْتِ قَبْلَ أَنْ يُؤْذَنَ لَهُ فَرَأَى عَوْرَةَ أَهْلِهِ فَقَدْ أَتَى حَدًّا لَا يَحِلُّ لَهُ أَنْ يَأْتِيَهُ وَلَوْ أَنَّهُ حِينَ أَدْخَلَ بَصَرَهُ فَاسْتَقْبَلَهُ رَجُلٌ فَفَقَأَ عَيْنَهُ مَا عَيَّرْتُ عَلَيْهِ وَإِنْ مَرَّ الرَّجُلُ عَلَى بَابٍ لَا سِتْرَ لَهُ غَيْرِ مُغْلَقٍ فَنَظَرَ فَلَا خَطِيئَةَ عَلَيْهِ إِنَّمَا الْخَطِيئَةُ عَلَى أَهْلِ الْبَيْتِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيب
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim izn berilishidan oldin pardani koʻtarib, koʻzini uyga tiqsa-yu, uy ahlining avratini koʻrib qolsa, oʻziga halol boʻlmagan bir gunoh (chegara)ga yetibdi. Agar u koʻzini tiqqan paytida bir kishi roʻbaroʻ kelib, uning koʻzlarini chiqarib yuborsa, men buni qoralamasdim. Agar bir kishi pardasi yoʻq, yopilmagan eshik yonidan oʻtib qarab qolsa, unga gunoh yoʻq, gunoh faqat uy ahlining boʻynidadir», dedilar. Bu bobda Abu Hurayra va Abu Umomadan ham (hadislar) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni shu tarzda faqat Ibn Lahianing hadisidan bilamiz. Abu Abdurahmon al-Hubuliyning ismi Abdulloh ibn Yaziddir.