وَعَن سعيدِ بنِ زيدٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ قُتِلَ دُونَ دِينِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ قُتِلَ دُونَ دَمِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ قُتِلَ دُونَ مَالِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ قُتِلَ دُونَ أَهْلِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ
Said ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning: «Kim oʻz moli (yoʻlida) oʻldirilsa, u shahiddir, kim oʻz dini (yoʻlida) oʻldirilsa, u shahiddir, kim oʻz qoni (jonini himoya qilib) oʻldirilsa, u shahiddir, kim oʻz ahli (oilasi yoʻlida) oʻldirilsa, u shahiddir», deyayotganlarini eshitdim. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasandir. Shuningdek, bir necha (roviy) Ibrohim ibn Saʼddan shunga oʻxshash rivoyat qilganlar. Yaʼqub — u Ibrohim ibn Saʼd ibn Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Avf az-Zuhriyning oʻgʻlidir.