عَنْ رَافِعِ بْنِ خَدِيجٍ قَالَ: أَصْبَحَ رَجُلٌ مِنَ الْأَنْصَارِ مَقْتُولًا بِخَيْبَرَ فَانْطَلَقَ أَوْلِيَاؤُهُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَكَرُوا ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ: «أَلَكُمْ شَاهِدَانِ يَشْهَدَانِ عَلَى قَاتِلِ صَاحِبِكُمْ؟» قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ لَمْ يَكُنْ ثَمَّ أحدٌ من المسلمينَ وإِنما هُوَ يهود وَقد يجترئون عَلَى أَعْظَمَ مِنْ هَذَا قَالَ: «فَاخْتَارُوا مِنْهُمْ خَمْسِينَ فَاسْتَحْلِفُوهُمْ» . فَأَبَوْا فَوَدَاهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنْ عِنْدِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Rofiʼ ibn Xadij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ansorlardan bir kishi Xaybarda oʻldirilgan holda topib olindi. Uning egalari (qarindoshlari) Nabiy ﷺ huzuriga borib, buni u zotga aytishdi. U zot: «Doʻstingizning oʻldirilganiga guvohlik beradigan ikki guvohingiz bormi?» dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, u yerda musulmonlardan birorta ham kishi yoʻq edi, faqat yahudlar bor edi va ular bundan-da kattaroq ishga jurʼat qiladilar», deyishdi. U zot: «Unda ulardan ellik kishini tanlab, ularga qasam ichdiringlar», dedilar. Ular esa (bunga) koʻnmadilar. Shunda Nabiy ﷺ uning xunini oʻz (mol)laridan toʻladilar.