وَعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ أَخَذَ أَرْضًا بِجِزْيَتِهَا فَقَدِ اسْتَقَالَ هِجْرَتَهُ وَمَنْ نَزَعَ صَغَارَ كَافِرٍ مِنْ عُنُقِهِ فَجَعَلَهُ فِي عُنُقِهِ فَقَدْ وَلّى الإِسلامَ ظهرَه» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abud-Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Kim bir yerni uning jizyasi(ni toʻlash) sharti bilan olsa, oʻz hijratidan voz kechibdi. Kim bir kofirning boʻynidan xorlik (belgisi)ni yechib olib, uni oʻz boʻyniga osib qoʻysa, Islomga ortini oʻgiribdi». (Yazid ibn Xumayr) dedi: Soʻng Xolid ibn Maʼdon mendan bu hadisni eshitib qoldi va menga: ‹Buni senga Shabib aytib berdimi?› dedi. Men: ‹Ha›, dedim. U: ‹U yerga borganingda undan soʻragin, bu hadisni menga yozib yuborsin›, dedi. (U roviy) dedi: Shunda u (Shabib) buni unga yozib berdi. Men kelganimda Xolid ibn Maʼdon mendan u qogʻozni soʻradi, men esa unga berdim. U buni oʻqigach, eshitgan narsasi sababli qoʻlidagi yerlarni tark etdi. Abu Dovud dedi: Bu Yazid ibn Xumayr al-Yazaniydir, u Shuʼbaning sherigi (boʻlgan kishi) emas.