وَعَن أبي غالبٍ رأى أَبُو أُمامةَ رؤوساً مَنْصُوبَةً عَلَى دَرَجِ دِمَشْقَ فَقَالَ أَبُو أُمَامَةَ: «كِلَابُ النَّارِ شَرُّ قَتْلَى تَحْتَ أَدِيمِ السَّمَاءِ خَيْرُ قَتْلَى مَنْ قَتَلُوهُ» ثُمَّ قَرَأَ (يَوْمَ تبيَضُّ وُجوهٌ وتَسوَدُّ وُجوهٌ) الْآيَةَ قِيلَ لِأَبِي أُمَامَةَ: أَنْتَ سَمِعْتُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: لَوْ لَمْ أَسْمَعْهُ إِلَّا مَرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ أوْ ثَلَاثًا حَتَّى عَدَّ سَبْعًا مَا حَدَّثْتُكُمُوهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Gʻolib aytdi: Abu Umoma Damashq masjidining zinasiga (sanchib) qoʻyilgan (xorijiylarning) boshlarini koʻrib qoldi-da: «Doʻzax itlari! Osmon gumbazi ostidagi eng yomon oʻliklar — bular, eng yaxshi oʻliklar esa — bular oʻldirgan kishilardir», dedi. Soʻng: {Baʼzi yuzlar oqaradigan va baʼzi yuzlar qoradigan kunda} (Oli Imron 106) oyatini oxirigacha oʻqidi. Men Abu Umomaga: «Buni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?» dedim. U: «Agar buni bir, ikki, uch yoki toʻrt — hatto yettini sanaguncha — marta eshitmaganimda, sizlarga aytmagan boʻlardim», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Abu Gʻolibning ismi Hazavvar deyiladi, Abu Umoma al-Bohiliyning ismi esa Sudayy ibn Ajlon boʻlib, u Bohila (qabilasi)ning sayyididir.