وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِمَاعِزِ بْنِ مَالِكٍ: «أَحَقٌّ مَا بَلَغَنِي عَنْكَ؟» قَالَ: وَمَا بَلَغَكَ عَنِّي؟ قَالَ: «بَلَغَنِي أَنَّكَ قَدْ وَقَعْتَ عَلَى جَارِيَةِ آلِ فُلَانٍ» قَالَ: نَعَمْ فَشَهِدَ أَرْبَعَ شَهَادَاتٍ فَأمر بهِ فرجم. رَوَاهُ مُسلم
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Moiz ibn Molikka: «Sen haqingda menga yetib kelgan narsa rostmi?» dedilar. U: «Sizga mendan nima yetib keldi?» dedi. (U zot): «Menga sen falon xonadonning chorisi bilan (zino) ish qilibsan, deb yetib keldi», dedilar. U: «Ha», dedi. Soʻng u toʻrt marta guvohlik berdi, shunda (u zot) uni (toshboʻron qilishga) buyurdilar va u toshboʻron qilindi. (Roviy) aytdi: Bu bobda Soib ibn Yaziddan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Abbosning hadisi hasan hadisdir. Bu hadisni Shuʼba Simok ibn Harbdan, u Said ibn Jubayrdan mursal qilib rivoyat qilgan va unda Ibn Abbosni zikr qilmagan.