وَعَنْهُ: أَنَّ امْرَأَةً خَرَجَتْ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تُرِيدُ الصَّلَاةَ فَتَلَقَّاهَا رَجُلٌ فَتَجَلَّلَهَا فَقَضَى حَاجَتَهُ مِنْهَا فَصَاحَتْ وَانْطَلَقَ وَمَرَّتْ عِصَابَةٌ مِنَ الْمُهَاجِرِينَ فَقَالَتْ: إِنَّ ذَلِكَ الرَّجُلَ فَعَلَ بِي كَذَا وَكَذَا فَأَخَذُوا الرَّجُلَ فَأَتَوْا بِهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ لَهَا: «اذْهَبِي فَقَدْ غَفَرَ اللَّهُ لَكِ» وَقَالَ لِلرَّجُلِ الَّذِي وَقَعَ عَلَيْهَا: «ارْجُمُوهُ» وَقَالَ: «لَقَدْ تَابَ تَوْبَةً لَوْ تَابَهَا أَهْلُ الْمَدِينَةِ لَقُبِلَ مِنْهُمْ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ
Muhammad ibn Yahyo ibn Foris bizga Firyobiydan, u Isroildan, u Simok ibn Harbdan, u Alqama ibn Voildan, u otasi (Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu))dan rivoyat qildi: Paygʻambar ﷺ davrida bir ayol namozga chiqayotgan edi, bir kishi unga roʻpara boʻldi-da, uni egallab, undan oʻz hojatini chiqardi (zoʻrladi). Ayol baqirdi, u esa ketib qoldi. Soʻng ayolning yonidan bir kishi oʻtdi va ayol: «Anavi (kishi) menga shunday-shunday qildi», dedi. Yana muhojirlardan bir guruh oʻtdi va ayol: «Aytsam, oʻsha kishi menga shunday-shunday qildi», dedi. Ular borib, ayol unga tegib qoʻygan deb gumon qilgan kishini ushlab, uning oldiga olib kelishdi. Ayol: «Ha, mana shu», dedi. Uni Paygʻambar ﷺ huzuriga olib kelishdi. U zot u haqida (jazo) buyurmoqchi boʻlganlarida, ayolga haqiqatda tegib qoʻygan kishi oʻrnidan turib: «Yo Rasululloh, men uning egasiman (men shu ishni qildim)», dedi. Shunda u zot ayolga: «Boravergin, Alloh seni kechirdi», dedilar. Ushlangan kishiga esa yaxshi soʻz aytdilar. Ayolga tegib qoʻygan kishi haqida esa: «Uni toshboʻron qilinglar», dedilar. Soʻng: «U shunday tavba qildiki, agar Madina ahli shunday tavba qilganida, ulardan ham qabul qilinardi», dedilar. Abu Dovud aytadi: Buni Asbot ibn Nasr ham Simokdan rivoyat qilgan.