وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو بْنِ الْعَاصِ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَنَّهُ سُئِلَ عَنِ الثَّمَرِ الْمُعَلَّقِ قَالَ: «مَنْ سَرَقَ مِنْهُ شَيْئًا بَعْدَ أَنْ يُؤْوِيَهُ الْجَرِينَ فَبَلَغَ ثَمَنَ الْمِجَنِّ فَعَلَيْهِ الْقَطْعُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺdan (daraxtda) osilib turgan meva haqida soʻraldi. Shunda u zot: «Kim muhtoj boʻlib, etagiga (yashirib) olmagan holda ogʻzi bilan (yeb) yesa, unga hech narsa (jazo) yoʻq. Kim undan biror narsa olib chiqib ketsa, unga uning ikki barobari miqdorida tovon va jazo bor. Kim undan (mevani) xirmonga (saqlash joyiga) joylanganidan keyin oʻgʻirlasa va (oʻgʻirlangani) qalqonning narxiga yetsa, unga (qoʻlni) kesish (jazosi) bor», dedilar. Adashib qolgan tuya va qoʻy haqida boshqalar zikr qilgani kabi zikr qildi. (Rovi) dedi: U zotdan topib olingan narsa haqida soʻraldi. Shunda u zot: «Undan qaysi biri serqatnov yoʻlda yoki katta qishloqda (topilgan) boʻlsa, uni bir yil eʼlon qil. Agar uni izlovchisi kelsa, uni oʻshanga topshir, agar kelmasa, u senikidir. Qaysi biri vayronada (topilgan) boʻlsa — yaʼni unda va koʻmilgan xazinada beshdan biri (zakot sifatida) bor», dedilar.