وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: جِيءَ بِسَارِقٍ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «اقْطَعُوهُ» فَقُطِعَ ثُمَّ جِيءَ بِهِ الثَّانِيَةَ فَقَالَ: «اقْطَعُوهُ» فَقُطِعَ ثُمَّ جِيءَ بِهِ الثَّالِثَةَ فَقَالَ: «اقْطَعُوهُ» فَقُطِعَ ثُمَّ جِيءَ بِهِ الرَّابِعَةَ فَقَالَ: «اقْطَعُوهُ» فَقُطِعَ فَأُتِيَ بِهِ الْخَامِسَةَ فَقَالَ: «اقْتُلُوهُ» فَانْطَلَقْنَا بِهِ فَقَتَلْنَاهُ ثُمَّ اجْتَرَرْنَاهُ فَأَلْقَيْنَاهُ فِي بِئْرٍ وَرَمَيْنَا عَلَيْهِ الحجارةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ وَرُوِيَ فِي شَرْحِ السُّنَّةِ فِي قَطْعِ السَّارِقِ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «اقْطَعُوهُ ثمَّ احسموه»
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺning huzurlariga bir oʻgʻri keltirildi. U zot: «Uni oʻldiringlar», dedilar. (Odamlar): «Ey Rasululloh, u faqat oʻgʻirlik qildi», deyishdi. Shunda u zot: «Uning (qoʻlini) kesinglar», dedilar. (Jobir) aytadi: Bas, (uning oʻng qoʻli) kesildi. Soʻng u ikkinchi marta keltirildi. U zot: «Uni oʻldiringlar», dedilar. (Odamlar): «Ey Rasululloh, u faqat oʻgʻirlik qildi», deyishdi. U zot: «Uning (oyogʻini) kesinglar», dedilar. (Jobir) aytadi: Bas, (uning chap oyogʻi) kesildi. Soʻng u uchinchi marta keltirildi. U zot: «Uni oʻldiringlar», dedilar. (Odamlar): «Ey Rasululloh, u faqat oʻgʻirlik qildi», deyishdi. U zot: «Uning (qoʻlini) kesinglar», dedilar. Soʻng u toʻrtinchi marta keltirildi. U zot: «Uni oʻldiringlar», dedilar. (Odamlar): «Ey Rasululloh, u faqat oʻgʻirlik qildi», deyishdi. U zot: «Uning (oyogʻini) kesinglar», dedilar. Soʻng u beshinchi marta keltirildi. U zot: «Uni oʻldiringlar», dedilar. Jobir aytadi: Bas, biz uni olib ketib oʻldirdik, soʻng uni sudrab borib bir quduqqa tashladik va ustiga toshlar otdik.