وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا أَبَا ذَرٍّ» قُلْتُ: لَبَّيْكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ وَسَعْدَيْكَ قَالَ: «كَيْفَ أَنْتَ إِذَا أَصَابَ النَّاسَ مَوْتٌ يَكُونُ الْبَيْتُ فِيهِ بِالْوَصِيفِ» يَعْنِي الْقَبْرَ قُلْتُ: اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: «عَلَيْكَ بِالصَّبْرِ» قَالَ حمَّادُ بنُ أبي سُليمانَ: تُقْطَعُ يَدُ النَّبَّاشِ لِأَنَّهُ دَخَلَ عَلَى الْمَيْتِ بيتَه. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga: «Ey Abu Zarr!», dedilar. Men: «Labbay, ey Rasululloh, amringizga shayman», dedim. U zot: «Odamlarga shunday oʻlim yetganda, qabr bir gʻulom (bahosida) boʻlganda, ahvoling qanday boʻladi?», dedilar — yaʼni qabrni nazarda tutdilar. Men: «Allohu Rasuluhu aʼlam (Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi)», dedim — yoki: «Alloh va Uning Rasuli men uchun nimani ixtiyor qilsalar», dedim. U zot: «Sabr qilgin», dedilar — yoki: «Sabr qilasan», dedilar. Abu Dovud aytdi: Hammod ibn Abu Sulaymon: «Qabr oʻgʻrisining qoʻli kesiladi, chunki u marhumning uyiga kirgan boʻladi», dedi.