عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يَقُول: «مَنْ حَالَتْ شَفَاعَتُهُ دُونَ حَدٍّ مِنْ حُدُودِ اللَّهِ فَقَدَ ضَادَّ اللَّهَ وَمَنْ خَاصَمَ فِي بَاطِلٍ وَهُوَ يَعْلَمُهُ لَمْ يَزَلْ فِي سُخْطِ اله تَعَالَى حَتَّى يَنْزِعَ وَمَنْ قَالَ فِي مُؤْمِنٍ مَا لَيْسَ فِيهِ أَسْكَنَهُ اللَّهُ رَدْغَةَ الْخَبَالِ حَتَّى يَخْرُجَ مِمَّا قَالَ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُد وَفِي روايةٍ للبيهقيِّ فِي شعبِ الْإِيمَان «مَنْ أَعانَ على خُصُومَةً لَا يَدْرِي أَحَقٌّ أَمْ بَاطِلٌ فَهُوَ فِي سَخطِ اللَّهِ حَتَّى ينْزع»
Ahmad ibn Yunus bizga hadis aytdi, Zuhayr bizga hadis aytdi, Umora ibn Gʻaziyya bizga hadis aytdi, u Yahyo ibn Roshiddan rivoyat qildi. U dedi: «Biz Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ni kutib oʻtirgan edik. U bizning oldimizga chiqib oʻtirdi va: ‹Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitganman: ‹Kimning shafoati Allohning hadlaridan bir hadning (joriy etilishining) oldini olsa, u Allohga qarshi chiqibdi. Kim botil narsada, uning botil ekanini bila turib tortishsa, undan voz kechmaguncha Allohning gʻazabida boʻlaveradi. Kim biror moʻminda yoʻq narsani (yolgʻondan) aytsa, Alloh uni aytgan gapidan chiqib ketmaguncha jahannam ahlining oqib chiqadigan irinli suvida (Radgʻatul-xabol) yashatadi›››, dedi.