وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِذَا قَالَ الرَّجُلُ لِلرَّجُلِ: يَا يَهُودِيُّ فَاضْرِبُوهُ عِشْرِينَ وَإِذَا قَالَ: يَا مُخَنَّثُ فَاضْرِبُوهُ عِشْرِينَ وَمَنْ وَقَعَ عَلَى ذَاتِ مَحْرَمٍ فَاقْتُلُوهُ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيب
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Bir kishi boshqa kishiga ‹Ey yahudiy› desa, uni yigirma (darra) uringlar; ‹Ey muxannas (xotinsifat)› desa, uni yigirma (darra) uringlar; kim mahrami boʻlgan ayolga qoʻshilsa, uni oʻldiringlar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni biz faqat shu yoʻl bilangina bilamiz. Ibrohim ibn Ismoil hadisda zaif sanaladi. Bunga koʻra bizning ashoblarimizning ameli boʻlgan, ular: «Kim mahrami boʻlgan ayolga bilib turib yaqinlik qilsa, unga oʻldirish (joriy etiladi)», deganlar. Ahmad: «Kim onasiga uylansa, oʻldiriladi», degan. Ishoq: «Kim mahrami boʻlgan ayolga qoʻshilsa, oʻldiriladi», degan. Bu (hadis) Paygʻambar ﷺdan bir necha yoʻl bilan ham rivoyat qilingan; uni Baro ibn Ozib va Qurra ibn Iyos al-Muzaniy rivoyat qilishganki, bir kishi otasining xotiniga uylangan edi, shunda Paygʻambar ﷺ uni oʻldirishga buyurdilar.