وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: خطَبَ عمرُ رَضِي الله عَنهُ عَلَى مِنْبَرَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: " إِنَّهُ قَدْ نَزَلَ تَحْرِيمُ الْخَمْرِ وَهِيَ مِنْ خَمْسَةِ أَشْيَاءَ: الْعِنَبِ وَالتَّمْرِ وَالْحِنْطَةِ والشعيرِ والعسلِ وَالْخمر مَا خامر الْعقل ". رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi:) Umar Rasululloh ﷺning minbarlarida xutba qilib: «Albatta xamrning harom (qilinishi haqidagi hukm) nozil boʻ ldi; u — besh narsadan (tayyorlanadi): uzum, xurmo, bugʻ doy, arpa va asal(dan); xamr esa — aqlni qoplab (toʻ sib) qoʻ ygan (har bir narsa)dir. Uch (narsa) borki, men — Rasululloh ﷺ bizdan ajralib ketishdan oldin, ular haqida bizga (aniq) ahd-koʻ rsatma berganlarini — istar edim: bobo (merosi), kalola (ota-bola yoʻ q meros) va riboning eshiklaridan (baʼzi) eshiklar» dedi. (Roviy:) Men: «Ey Abu Amr, Sindda guruchdan tayyorlanadigan bir narsa (haqida nima deysiz)?» dedim. U: «U Paygʻambar ﷺ zamonida — yoki: Umar zamonida — boʻ lmagan edi» dedi. (Hajjoj, Hammoddan, Abu Hayyondan — ‹uzum› oʻ rniga ‹maviz (mayiz)› (dedi).)