عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ أَطَاعَنِي فَقَدْ أَطَاعَ اللَّهَ وَمَنْ عَصَانِي فَقَدْ عَصَى اللَّهَ وَمَنْ يُطِعِ الْأَمِيرَ فَقَدْ أَطَاعَنِي وَمَنْ يَعْصِ الْأَمِيرَ فَقَدْ عَصَانِي وَإِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ فَإِنْ أَمَرَ بِتَقْوَى اللَّهِ وَعَدَلَ فَإِنَّ لَهُ بِذَلِكَ أَجْرًا وَإِنْ قالَ بغَيرِه فَإِن عَلَيْهِ مِنْهُ»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Allohning Rasuli ﷺ ning shunday deganini eshitdim: «Biz (dunyoga kelishda) oxirgimiz, lekin (jannatga kirishda) eng oldingimiz (boʻlamiz)». Paygʻambar ﷺ yana: «Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qiladi; kim menga osiylik qilsa, Allohga osiylik qiladi. Kim rahbarga (amirga) itoat qilsa, menga itoat qiladi; kim rahbarga osiylik qilsa, menga osiylik qiladi. Imom (rahbar) — bir qalqon (panoh)dek(dir): uning (himoyasi) ostida jang qilinadi va u orqali (dushmandan) saqlaniladi. Agar imom odamlarni taqvoga buyursa va adolat bilan hukm qilsa, u shuning uchun mukofotlanadi; agar buning aksini qilsa, u shuning (gunohi) uchun javobgar boʻladi», — dedi.