وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «أَلا كلُّكُمْ راعٍ وكلُّكُمْ مسؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ فَالْإِمَامُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مسؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ وَالرَّجُلُ رَاعٍ عَلَى أَهْلِ بَيْتِهِ وَهُوَ مسؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ وَالْمَرْأَةُ رَاعِيَةٌ عَلَى بَيْتِ زَوْجِهَا وولدِهِ وَهِي مسؤولةٌ عَنْهُمْ وَعَبْدُ الرَّجُلِ رَاعٍ عَلَى مَالِ سَيِّدِهِ وَهُوَ مسؤولٌ عَنهُ أَلا فكلُّكُمْ راعٍ وكلكُمْ مسؤولٌ عَن رعيتِه»
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ogʻoh boʻlinglar! Hammangiz choʻponsiz va hammangiz oʻz qoʻl ostidagilar (raiyati) haqida masʼulsiz. Odamlar ustidagi imom choʻpondir va u oʻz raiyati haqida masʼuldir. Kishi oʻz uy ahli ustidan choʻpondir va u oʻz raiyati haqida masʼuldir. Ayol eri uyi hamda bolasi ustidan choʻpondir va u ular haqida masʼuldir. Kishining quli xoʻjasining moli ustidan choʻpondir va u oʻsha haqida masʼuldir. Ogʻoh boʻlinglar! Hammangiz choʻponsiz va hammangiz oʻz raiyati haqida masʼulsiz», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.