وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «اللَّهُمَّ مَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَشَقَّ عَلَيْهِمْ فَاشْقُقْ عَلَيْهِ وَمَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَرَفَقَ بهم فارفُقْ بِهِ» . رَوَاهُ مُسلم
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Abdurahmon ibn Shumosa uning huzuriga bir narsani soʻragani keldi. U: «Sen qaysi (qavm)dansan?» dedi. (Abdurahmon): «Misr ahlidan bir kishiman», dedi. U: «Sizning bu gʻazotingizda sizlarga amiringiz qanday boʻldi?» dedi. (Abdurahmon): «Undan hech bir aybni topmadik; bizdan birovning tuyasi oʻlib qolsa, unga tuya berar, quli (oʻlsa) unga qul berar edi, kim nafaqaga muhtoj boʻlsa, unga nafaqa berar edi», dedi. Shunda u: «Ogoh boʻlginki, akam Muhammad ibn Abu Bakrga qilgan ishi meni Rasululloh ﷺ dan eshitgan narsamni senga aytishimdan toʻsmaydi; u zot mana shu uyimda: ‹Ey Alloh! Kim mening ummatim ishidan biror narsaga valiy (boshliq) boʻlib, ularga mashaqqat yetkazsa, Sen ham unga mashaqqat yetkazgin; kim mening ummatim ishidan biror narsaga valiy boʻlib, ularga muloyim boʻlsa, Sen ham unga muloyim boʻlgin›, deganlarini eshitganman», dedi.