وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: كَانَ قَيْسُ بْنُ سَعْدٍ مِنَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِمَنْزِلَةِ صاحبِ الشُّرَطِ منَ الأميرِ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Qays ibn Saʼd Nabiy ﷺning huzurlarida amir oldidagi shurta boshligʻi (qoʻriqchilar boshligʻi) maqomida edi», dedi. Ansoriy: «Yaʼni u zotning yumushlaridan oʻziga topshirilganlar bilan shugʻullanardi (degani)», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat Ansoriyning rivoyati orqaligina bilamiz.