وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «وَيْلٌ لِلْأُمَرَاءِ وَيْلٌ لِلْعُرَفَاءِ وَيْلٌ لِلْأُمَنَاءِ لَيَتَمَنَّيَنَّ أَقْوَامٌ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَنَّ نَوَاصِيَهُمْ مُعَلَّقَةٌ بِالثُّرَيَّا يَتَجَلْجَلُونَ بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَأَنَّهُمْ لَمْ يَلُوا عَمَلًا» . رَوَاهُ فِي «شَرْحِ السُّنَّةِ» وَرَوَاهُ أَحْمد وَفِي رِوَايَته: «أنَّ ذوائِبَهُم كَانَتْ مُعَلَّقَةً بِالثُّرَيَّا يَتَذَبْذَبُونَ بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ ولَمْ يَكُونُوا عُمِّلوا على شَيْء»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Amirlarga vayl boʻlsin, boshliqlarga (oriflarga) vayl boʻlsin, aminlarga (ishonchli xodimlarga) vayl boʻlsin! Qiyomat kuni ayrim qavmlar oʻzlarining kokillari Surayyoga osilgan holda osmon bilan yer orasida chayqalib turishlarini va hech qanday ishga (amaldorlikka) tayinlanmagan boʻlishlarini orzu qiladilar», dedilar. Sharhus-sunnada rivoyat qilingan. Ahmad ham rivoyat qilgan, uning rivoyatida: ‹Kokillari Surayyoga osilgan holda osmon bilan yer orasida tebranib turadilar va biror narsaga amaldor qilinmagan boʻladilar› deyilgan.