وَعَن ابنِ أَبِي بُرْدَةَ قَالَ: بَعَثَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جَدَّهُ أَبَا مُوسَى وَمُعَاذًا إِلَى الْيَمَنِ فَقَالَ: «يَسِّرَا وَلَا تُعَسِّرَا وَبَشِّرَا وَلَا تُنَفِّرَا وَتَطَاوَعَا وَلَا تَخْتَلِفَا»
(Saʼid ibn Abu Burda otasidan aytdi:) Paygʻambar ﷺ uning bobosi Abu Muso va Muozni Yamanga yuborib: «Yengillatinglar, qiyinlashtirmanglar; xushxabar beringlar, nafratlantirmanglar; oʻzaro kelishib (itoatda) boʻ linglar», dedilar. Abu Muso: «Ey Allohning paygʻambari, bizning yurtimizda arpadan (qilingan) bir ichimlik — mizr, va asaldan (qilingan) bir ichimlik — bitʼ bor», dedi. U zot: «Har bir mast qiluvchi (narsa) haromdir», dedilar. Ikkovi joʻnadi. Muoz Abu Musoga: «Qurʼonni qanday qiroat qilasan?» dedi. U: «Tik turib, oʻtirib va ulovim ustida (qiroat qilaman); uni tadrijan (qism-qism) qiroat qilaman», dedi. (Muoz:) «Men esa uxlab, soʻng turaman; uyqumni — turishimni (ibodatimni) savobga hisoblaganimdek — savobga hisoblayman», dedi va bir chodir (fustot) qurdi. Ikkovi bir-birini ziyorat qilib turardi. Muoz Abu Musoni ziyorat qildi, qarasa, bir kishi (qoʻ l-oyogʻi) bogʻlab qoʻ yilgan. U: «Bu nima?» dedi. Abu Muso: «(Bu) — bir yahudiy, islom (qabul) qilgan, soʻng dindan qaytgan», dedi. Muoz: «Men albatta uning boʻ ynini uraman (oʻldiraman)», dedi. Uni (Shuʼbadan) Aqadiy va Vahb (ham) rivoyat qildi. Vakiʼ, Nazr va Abu Dovud (Shuʼbadan, Saʼiddan, otasidan, bobosidan, Paygʻambar ﷺdan) — (shunday) keltirdilar. Buni Jarir ibn Abdulhamid (Shayboniydan, Abu Burdadan) rivoyat qildi.