وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ طَلَبَ قَضَاءَ الْمُسْلِمِينَ حَتَّى يَنَالَهُ ثُمَّ غَلَبَ عَدْلُهُ جَوْرَهُ فَلَهُ الْجَنَّةُ وَمَنْ غَلَبَ جَوْرُهُ عَدْلَهُ فَلَهُ النَّار» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan, u kishi Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi. U zot: «Kim musulmonlar oʻrtasida qozilik mansabini istab, unga erishsa, soʻng uning adolati zulmidan ustun kelsa, unga jannat boʻladi. Kimning zulmi adolatidan ustun kelsa, unga doʻzax boʻladi», dedilar.