وَعَن عَدِيِّ بنِ عَمِيرةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «يَا أَيُّهَا النَّاسُ مَنْ عُمِّلَ مِنْكُمْ لَنَا عَلَى عَمَلٍ فَكَتَمَنَا مِنْهُ مِخْيَطًا فَمَا فَوْقَهُ فَهُوَ غَالٌّ يَأْتِي بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ» . فَقَامَ رَجُلٌ مِنَ الْأَنْصَارِ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ اقْبَلْ عَنِّي عَمَلَكَ. قَالَ: «وَمَا ذَاكَ؟» قَالَ: سَمِعْتُكَ تَقُولُ: كَذَا وَكَذَا قَالَ: «وَأَنَا أَقُولُ ذَلِكَ مَنِ اسْتَعْمَلْنَاهُ عَلَى عَمَلٍ فَلْيَأْتِ بِقَلِيلِهِ وَكَثِيرِهِ فَمَا أُوتِيَ مِنْهُ أَخَذَهُ وَمَا نُهِيَ عَنْهُ انْتَهَى» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُد وَاللَّفْظ لَهُ
Adiy ibn Umayra al-Kindiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Ey odamlar! Sizlardan kim biz nomimizdan biror ishga (amaldor qilib) qoʻyilsa-yu, soʻng undan bir igna boʻlsa ham yoki undan ortiq narsani bizdan yashirsa, bu xiyonat boʻlib, qiyomat kunida uni (yelkasiga ortib) keladi», dedilar. Shunda ansorlardan qoramagʻiz bir kishi — goʻyo men hozir unga qarab turganday — oʻrnidan turdi-da: «Yo Rasululloh! Mendan amalingizni (orqaga) oling», dedi. U zot: «Bu nima degani?» dedilar. U: «Sizning shunday-shunday deganingizni eshitdim», dedi. U zot: «Men buni hozir ham aytaman: kimni biror ishga tayinlasak, uning ozini ham, koʻpini ham keltirsin. Unga (oʻsha ishdan) berilgan narsani olsin, qaytarilgan narsadan esa tiyilsin», dedilar.