وَعَن عَمْرِو بن العاصِ قَالَ: أَرْسَلَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَنِ اجْمَعْ عَلَيْكَ سِلَاحَكَ وَثِيَابَكَ ثُمَّ ائْتِنِي» قَالَ: فَأَتَيْتُهُ وَهُوَ يَتَوَضَّأُ فَقَالَ: «يَا عَمْرُو إِنِّي أَرْسَلْتُ إِلَيْكَ لِأَبْعَثَكَ فِي وُجْةٍ يُسَلِّمُكَ اللَّهُ وَيُغَنِّمُكَ وَأَزْعَبَ لَكَ زَعْبَةً مِنَ الْمَالِ» . فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا كَانَتْ هِجْرَتِي لِلْمَالِ وَمَا كَانَتْ إِلَّا لِلَّهِ ولرسولِه قَالَ: «نِعِمَّا بِالْمَالِ الصَّالِحِ لِلرَّجُلِ الصَّالِحِ» . رَوَاهُ فِي «شَرْحِ السُّنَّةِ» وَرَوَى أَحْمَدُ نَحْوَهُ وَفِي روايتِه: قَالَ: «نِعْمَ المالُ الصَّالحُ للرَّجُلِ الصالحِ»
Amr ibn al-As (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga: «Qurol-yarogʻing va kiyimingni oʻzingga jamla, soʻng oldimga kel», deb (odam) yubordilar. Men u zotning oldilariga bordim, u zot tahorat qilayotgan edilar. Shunda: «Ey Amr, men seni Alloh omon saqlaydigan va gʻanimat nasib etadigan bir yumushga joʻnatmoqchi boʻlib chaqirtirdim, senga moldan bir ulush ajrataman», dedilar. Men: «Ey Rasululloh, mening hijratim mol uchun boʻlmagan edi, u faqat Alloh va Uning Rasuli uchun edi», dedim. U zot: «Solih kishi uchun halol mol naqadar yaxshi!» dedilar. «Sharh as-sunna»da rivoyat qilingan, Ahmad ham shunga oʻxshashini rivoyat qilib, uning rivoyatida: «Solih kishi uchun halol mol qanday yaxshi!» degan.