وَعَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَضَى بَيْنَ رَجُلَيْنِ فَقَالَ الْمَقْضِيُّ عَلَيْهِ لَمَّا أَدْبَرَ: حَسْبِيَ اللَّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى يَلُومُ عَلَى الْعَجْزِ وَلَكِنْ عَلَيْكَ بِالْكَيْسِ فَإِذَا غَلَبَكَ أَمْرٌ فَقُلْ: حَسْبِيَ اللَّهُ ونِعْمَ الوكيلُ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Avf ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ ikki kishi oʻrtasida hukm chiqardilar. Hukm oʻz zarariga chiqarilgan kishi orqasiga oʻgirilib ketayotib: «Allohning Oʻzi menga yetarlidir va U eng yaxshi vakildir», dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Albatta, Alloh ojizlik (sustkashlik) uchun malomat qiladi. Lekin sen aql-zakovat (chora-tadbir) ila ish tutgin. Bordi-yu, bir ish sendan ustun kelsa (qoʻlingdan kelmasa), shunda: ‹Allohning Oʻzi menga yetarlidir va U eng yaxshi vakildir›, degin», dedilar.