وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مِنْ خَيْرِ مَعَاشِ النَّاسِ لَهُمْ رَجُلٌ مُمْسِكٌ عِنَانَ فَرَسِهِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ يَطِيرُ عَلَى مَتْنِهِ كُلَّمَا سَمِعَ هَيْعَةً أَوْ فَزْعَةً طَارَ عَلَيْهِ يَبْتَغِي الْقَتْلَ وَالْمَوْتَ مَظَانَّهُ أَوْ رَجُلٌ فِي غُنَيْمَةٍ فِي رَأْسِ شَعَفَةٍ مِنْ هَذِهِ الشَّعَفِ أَوْ بَطْنِ وَادٍ مِنْ هَذِهِ الْأَوْدِيَةِ يُقِيمُ الصَّلَاةَ وَيُؤْتِي الزَّكَاةَ وَيَعْبُدُ الله حَتَّى يَأْتِيَهُ الْيَقِينُ لَيْسَ مِنَ النَّاسِ إِلَّا فِي خير» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dedilar: «Odamlarning eng yaxshi tirikchilik qiladigani — Allohning yoʻlida otining jilovini ushlab turgan, (jangga shay) uning ustida uchib yuradigan, har qachon (dushman) haqida xavotirli xabar yoxud yordamga chaqiriqni eshitsa, oʻlim kutilayotgan joylarda qatl boʻlish va oʻlimni izlab unga otilib boradigan kishidir; yoxud bu togʻlardan birining choʻqqisida yoki bu vodiylardan birining ichida oʻz qoʻylari bilan boʻlib, namozni toʻkis ado etadigan, zakot beradigan va oʻlim (yaqin) kelmaguncha Robbiga ibodat qiladigan kishidir. Bu odamlar faqat yaxshilik ichida boʻladilar».