وَعَن فَضالَةَ بنِ عُبيدٍ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «كُلُّ مَيِّتٍ يُخْتَمُ عَلَى عَمَلِهِ إِلَّا الَّذِي مَاتَ مُرَابِطًا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَإِنَّهُ يُنَمَّى لَهُ عَمَلُهُ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَيَأْمَنُ فتْنَة الْقَبْر» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد وَرَوَاهُ الدَّارمِيّ عَن عقبَة بن عَامر
Fazola ibn Ubayd (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Har bir oʻlganning ameli (oʻlimi bilan) muhrlanadi, faqat Alloh yoʻlida sarhadni qoʻriqlab (murobit holida) oʻlgan kishidan boshqa; chunki uning ameli qiyomat kunigacha koʻpaytirilib boriladi va u qabr fitnasidan omon boʻladi», dedilar. Yana men Rasululloh ﷺni: «(Asl) mujohid — oʻz nafsiga qarshi jihod qilgan kishidir», deganlarini eshitdim. Abu Iso aytdi: Bu bobda Uqba ibn Omir va Jobirdan ham (rivoyatlar) bor. Fazola ibn Ubaydning hadisi hasan sahih hadisdir.