وَعَن خُرَيمِ بن فاتِكٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ أَنْفَقَ نَفَقَةً فِي سَبِيلِ اللَّهِ كُتبَ لَهُ بسبعمائةِ ضعف» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Xuraym ibn Fotik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim Alloh yoʻlida biror narsa infoq qilsa, unga yetti yuz barobar (savob) yoziladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasandir, biz uni faqat Rukayn ibn ar-Rabiʼ hadisidan bilamiz.