وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَلِجُ النَّارَ مَنْ بَكَى مِنْ خَشْيَةِ اللَّهِ حَتَّى يَعُودَ اللَّبَنُ فِي الضَّرْعِ وَلَا يَجْتَمِعَ عَلَى عَبْدٍ غُبَارٌ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَدُخَانُ جَهَنَّمَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَزَادَ النَّسَائِيُّ فِي أُخْرَى: «فِي مَنْخِرَيْ مُسْلِمٍ أَبَدًا» وَفِي أُخْرَى: «فِي جَوْفِ عَبْدٍ أَبَدًا وَلَا يَجْتَمِعُ الشُّحُّ وَالْإِيمَانُ فِي قَلْبِ عَبْدٍ أَبَدًا»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Allohdan qoʻrqib yigʻlagan kishi sut yelinga qaytmaguncha doʻzaxga kirmaydi. Alloh yoʻlidagi (gʻuborli) chang bilan jahannam tutuni bir joyda jam boʻlmaydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Rayhona va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Muhammad ibn Abdurrahmon — Tolha oilasining ozod qilgan qulidir, u madinalik, ishonchli kishidir. Undan Shuʼba va Sufyon as-Savriy rivoyat qilishgan.