وَعَن أبي هريرةَ قَالَ: مَرَّ رَجُلٍ مِنْ أَصْحَابِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِشِعْبٍ فِيهِ عُيَيْنَةٌ مِنْ مَاءٍ عَذْبَةٌ فَأَعْجَبَتْهُ فَقَالَ: لَوِ اعْتَزَلْتُ النَّاسَ فَأَقَمْتُ فِي هَذَا الشِّعْبِ فَذَكَرَ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «لَا تَفْعَلْ فَإِنَّ مَقَامَ أَحَدِكُمْ فِي سَبِيلِ الله أفضل من صلَاته سَبْعِينَ عَامًا أَلَا تُحِبُّونَ أَنْ يَغْفِرَ اللَّهُ لَكُمْ وَيُدْخِلَكُمُ الْجَنَّةَ؟ اغْزُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ مَنْ قَاتَلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَوَاقَ نَاقَةٍ وَجَبت لَهُ الْجنَّة» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning sahobalaridan bir kishi ichida chuchuk suvli kichik buloq boʻlgan bir soylikdan oʻtdi va suvning shirinligi unga maʼqul kelib: «Agar odamlardan chetlanib, shu soylikda turib qolsam (qani edi). Lekin Rasululloh ﷺdan izn soʻramagunimcha bunday qilmayman», dedi. Soʻng buni Rasululloh ﷺga aytdi. Shunda u zot: «Bunday qilma! Chunki sizlardan biringizning Alloh yoʻlida turishi uyida yetmish yil namoz oʻqishidan afzaldir. Alloh sizlarni magʻfirat qilib, jannatga kiritishini istamaysizlarmi?! Alloh yoʻlida jang qilinglar! Kim Alloh yoʻlida tuya sogʻib boʻlguncha (qisqa fursat) jang qilsa, unga jannat vojib boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir.