وَعَنِ الْمِقْدَامِ بْنِ مَعْدِي كَرِبَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " لِلشَّهِيدِ عِنْدَ اللَّهِ سِتُّ خِصَالٍ: يُغْفَرُ لَهُ فِي أوَّلِ دفعةٍ وَيَرَى مَقْعَدَهُ مِنَ الْجَنَّةِ وَيُجَارُ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ وَيَأْمَنُ مِنَ الْفَزَعِ الْأَكْبَرِ وَيُوضَعُ عَلَى رَأْسِهِ تَاجُ الْوَقَارِ الْيَاقُوتَةُ مِنْهَا خَيْرٌ مِنَ الدُّنْيَا وَمَا فِيهَا ويزوَّجُ ثنتينِ وَسَبْعِينَ زَوْجَةً مِنَ الْحُورِ الْعِينِ وَيُشَفَّعُ فِي سَبْعِينَ مِنْ أَقْرِبَائِهِ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ
Miqdom ibn Maʼdiykarib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Shahid uchun Alloh huzurida olti xislat bor: birinchi qoni toʻkilishidayoq u kechiriladi, jannatdagi oʻrnini koʻradi, qabr azobidan asraladi, eng katta dahshatdan omonda boʻladi, boshiga viqor toji kiydiriladi — uning bir yoquti dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir, hurul-ayndan yetmish ikki juftga uylantiriladi va yaqinlaridan yetmish kishiga shafoat qila oladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahih gʻaribdir.