وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لِلْغَازِي أَجْرُهُ وَلِلْجَاعِلِ أَجْرُهُ وَأَجْرُ الْغَازِي» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Gʻoziyga oʻz ajri, (uni jihodga) tayyorlab qoʻyganga esa oʻz ajri va gʻoziyning ajri beriladi», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan.