وَعَن عبد الله بن عَمْرو أَنَّهُ قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَخْبِرْنِي عَنِ الْجِهَادِ فَقَالَ: «يَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَمْرٍو إِنْ قَاتَلْتَ صَابِرًا مُحْتَسِبًا بَعَثَكَ اللَّهُ صَابِرًا مُحْتَسِبًا وَإِنْ قَاتَلْتَ مُرَائِيًا مُكَاثِرًا بَعَثَكَ اللَّهُ مُرَائِيًا مُكَاثِرًا يَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَمْرٍو عَلَى أَيِّ حَالٍ قَاتَلْتَ أَوْ قُتِلْتَ بَعَثَكَ اللَّهُ عَلَى تِلْكَ الْحَالِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Amr: «Yo Rasululloh, menga jihod va gʻazot haqida xabar bering», dedi. Shunda u zot ﷺ: «Ey Abdulloh ibn Amr, agar sen sabr qilib, (ajrini) Allohdan umid qilgan holda jang qilsang, Alloh seni sabr qiluvchi va (ajrini) umid qiluvchi holda tiriltiradi. Agar sen riyo qilib, (oʻzgalardan) koʻp boʻlishni istab jang qilsang, Alloh seni riyokor va koʻplikni istovchi holda tiriltiradi. Ey Abdulloh ibn Amr, qaysi holatda jang qilsang yoki oʻldirilsang, Alloh seni oʻsha holatda tiriltiradi», dedilar.