وَعَن أنسٍ قَالَ: كَانَ أَبُو طَلْحَةَ يَتَتَرَّسُ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِتُرْسٍ وَاحِدٍ وَكَانَ أَبُو طَلْحَةَ حَسَنَ الرَّمْيِ فَكَانَ إِذَا رَمَى تَشَرَّفَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَيَنْظُرُ إِلَى مَوضِع نبله. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Talha va Paygʻambar ﷺ bir (xil) qalqon bilan oʻzlarini himoya qilar edi. Abu Talha — yaxshi kamonchi edi va u (oʻqlarini) otganda, Paygʻambar ﷺ uning oʻqlari (boradigan) nishonga qarardi.