وَعَنْ جَابِرٌ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ دَخَلَ مَكَّةَ وَلِوَاؤُهُ أَبْيَضُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ Makkaga oq bayroq (livo) bilan kirdilar». Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Yahyo ibn Odamning Sharikdan (qilgan) rivoyatidangina bilamiz. Men bu hadis haqida Muhammaddan soʻradim, u ham uni faqat Yahyo ibn Odamning Sharikdan (qilgan) rivoyatidangina bildi va: «Bizga bir necha kishi Sharikdan, u Ammordan, u Abuz Zubaydan, u Jobirdan rivoyat qildiki, Nabiy ﷺ Makkaga qora salla oʻrab kirdilar», dedi. Muhammad: «(Sahih) hadis ana shudir», dedi. Abu Iso aytdi: Duhn — Bajila (qabilasi)ning bir tarmogʻidir. Ammor ad-Duhniy esa Ammor ibn Muoviya ad-Duhniy boʻlib, u Abu Muoviya kunyasi bilan ataladi, kufalik boʻlib, hadis ahli nazdida ishonchlidir.