وَعَن أبي سعيد الْخُدْرِيّ قَالَ: بَيْنَمَا نَحْنُ فِي سَفَرٍ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذ جَاءَهُ رَجُلٌ عَلَى رَاحِلَةٍ فَجَعَلَ يَضْرِبُ يَمِينًا وَشِمَالًا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ كَانَ مَعَهُ فَضْلُ ظَهْرٌ فَلْيَعُدْ بِهِ عَلَى مَنْ لَا ظَهْرَ لَهُ وَمَنْ كَانَ لَهُ فَضْلُ زَادٍ فَلْيَعُدْ بِهِ عَلَى مَنْ لَا زَادَ لَهُ» قَالَ: فَذَكَرَ مِنْ أَصْنَافِ الْمَالِ حَتَّى رَأَيْنَا أَنَّهُ لَا حَقَّ لأحدٍ منا فِي فضل. رَوَاهُ مُسلم
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ bilan birga safarda edik. Shu payt bir kishi oʻz ulovida keldi. (Abu Said) dedi: U oʻngu chapga koʻz tashlay boshladi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Kimning yonida ortiqcha ulovi boʻlsa, uni ulovi yoʻq kishiga bersin. Kimning ortiqcha ozigʻi boʻlsa, uni ozigʻi yoʻq kishiga bersin», dedilar. (Abu Said) dedi: U zot mol turlaridan shuncha (turini) zikr qildilarki, biz ortiqcha (mol)da birortamiz uchun haq yoʻq, deb oʻyladik.