وَعَن قتادةَ عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ مُقَرِّنٍ قَالَ: غَزَوْتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَكَانَ إِذَا طَلَعَ الْفَجْرُ أَمْسَكَ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ فَإِذَا طَلَعَتْ قَاتَلَ فَإِذَا انْتَصَفَ النَّهَارُ أَمْسَكَ حَتَّى تَزُولَ الشَّمْسُ فَإِذَا زَالَتِ الشَّمْسُ قَاتَلَ حَتَّى الْعَصْرِ ثُمَّ أَمْسَكَ حَتَّى يُصَلَّى الْعَصْرُ ثُمَّ يُقَاتِلُ قَالَ قَتَادَةُ: كَانَ يُقَالُ: عِنْدَ ذَلِكَ تُهِيجُ رِيَاحُ النَّصْرِ وَيَدْعُو الْمُؤْمِنُونَ لِجُيُوشِهِمْ فِي صلَاتهم. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Nuʼmon ibn Muqarrin (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ bilan birga jangga chiqdim. U zot tong otganda quyosh chiqquncha (jangni) tutil qilar, quyosh chiqqach jang qilar edilar. Kun yarmidan oʻtganda esa quyosh ogʻquncha tutil qilar, quyosh ogʻgach asrgacha jang qilar, soʻng asrni oʻqiguncha tutil qilar, keyin yana jang qilar edilar. (Roviy) aytdi: Shu (paytda) nusrat shamollari esadi va moʻminlar namozlarida oʻz qoʻshinlari uchun duo qiladilar, deyilar edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis Nuʼmon ibn Muqarrindan bundan koʻra ulanganroq isnod bilan ham rivoyat qilingan. Qatoda Nuʼmon ibn Muqarringa yetishmagan, Nuʼmon ibn Muqarrin esa Umar xalifaligida vafot etgan.