عَن أبي وائلٍ قَالَ: كَتَبَ خَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ إِلَى أَهْلِ فَارِسَ: بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ مِنْ خَالِدِ بْنِ الْوَلِيدِ إِلَى رُسْتَمَ وَمِهْرَانَ فِي مَلَأِ فَارِسَ. سَلَامٌ عَلَى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدَى. أَمَّا بَعْدُ فَإِنَّا نَدْعُوكُمْ إِلَى الْإِسْلَامِ فَإِنْ أَبَيْتُمْ فَأَعْطُوا الْجِزْيَةَ عَنْ يَدٍ وَأَنْتُمْ صَاغِرُونَ فَإِنْ أَبَيْتُمْ فَإِنَّ مَعِيَ قَوْمًا يُحِبُّونَ الْقَتْلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَا يُحِبُّ فَارِسُ الْخَمْرَ وَالسَّلَامُ عَلَى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدَى. رَوَاهُ فِي شَرْحِ السّنة 0
Abu Voil (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Xolid ibn Valid Fors ahliga shunday xat yozdi: «Bismillahir rohmanir rohiym. Xolid ibn Validdan Fors ashroflari orasidagi Rustam va Mihronga. Hidoyatga ergashgan kishiga salom boʻlsin. Ammo baʼd: Biz sizlarni Islomga daʼvat qilamiz. Agar bosh tortsangiz, oʻz qoʻlingiz bilan, xor boʻlgan holingizda jizya toʻlang. Agar undan ham bosh tortsangiz, men bilan bir qavm borki, ular Alloh yoʻlida oʻldirilishni Fors ahli sharobni sevganidek sevadilar. Hidoyatga ergashgan kishiga salom boʻlsin». Sharh as-sunnada rivoyat qilingan.