عَن عبدِ الرَّحمنِ بن عَوفٍ قَالَ: عَبَّأَنَا النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ببدر لَيْلًا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdurrahmon ibn Avf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ bizni Badrda kechasi (jang uchun) saf-saf qilib joylashtirdilar». Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Ayyubdan ham (hadis) bor. Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻldangina bilamiz. Men bu hadis haqida Muhammad ibn Ismoildan soʻradim, u uni bilmadi va: «Muhammad ibn Ishoq Ikrimadan eshitgan», dedi. Men uni koʻrganimda, u Muhammad ibn Humayd ar-Roziy haqida yaxshi fikrda edi, soʻngra esa uni zaif sanadi.